O'zbekiston Respublikasining
Frankfurt Mayn shahridagi Bosh konsulligida
pasport berish va almashtirish
TARTIBI
O'zbekiston Respublikasi fuqaro pasporti egsining O'zbekiston Respublikasi
fuqaroligiga tegishliligini va shaxsini tasdiglovchi asosiy hujjatdir.
Fuqaro pasportiga 16 yoshdan oshgan barcha O'zbekiston fuqarolari
ega bo'lishlari shart.
O'zbekiston Respublikasining Frankfurt Mayn shahridagi Bosh konsulligida
pasport berish va almashtirish konsullik okrugida (Hessen, Reynland-Pfalz,
Saarland, Bayern, Baden-Wuerttemberg va Nordrhein-Westfalen federal
erlari) yashovchi va konsullik hisobida turuvch O'zbekiston fuqarolari
uchun amalga oshiriladi.
Pasportni dastlabki berish 16 yoshga to'lgan fuqarolar uchun amalga
oshiriladi.
Pasport quyidagi hollarda almashtiriladi:
- amal qilish muddati tugaganda;
- familiya, ism, sharif o'zgartirilganda;
- millat o'zgartirilganda;
- pasportdagi yozuvlarda noanigliklar yuzaga chiqqanda;
- visalar va mahsus belgilar uchun mo'lajallangan sahifalar tugaganda;
- yaroqsiz holga kelganda.
Pasport olish yoki almashtirish uchun fuqaro quyidagi hujjatlarni
taqdim qilishi lozim:
1. Forma #1 - 1 husxada;
2. Tug'ilganlik haqida guvohnoma (pasport birinchi marta olayotganda);
3. Almashtirilishi lozim bo'lgan pasportning barcha sahifalaridan
kserokopiya; Pasport birinchi marta olinayotganda otasi yoki onasi
pasportning barcha sahifalaridan kserokopiya (bola kimning pasportiga
kiritilganligiga qarab);
4. Boshqa davlat, jumladan nemis fuqaroligi yoqligi haqida ma'lumotnoma
(tasdiglangan o'zbekcha yoki ruscha tarjimasi bilan). Ma'lumotnoma
jashash joyidagi mutasaddi organlardan olinadi. Ushbu ma'lumotnoma
er sudi prezidenti (Praesident des Landgerichts) yoki er hukumati
Prezidiumi «Regierungspraesidium») tomonidan tasdiqlangan va o'zbek
yoki rus tiliga tarjima qilingan bo'lishi lozim;
5. Uch dona fotosurat (rangli);
6. Pasport familiya, ism, sharif, millat o'zgartirilgani uchun almashtirilayotgan
bo'lsa, ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etilishi
kerak (nikoh to'g'risida guvohnoma, familiya o'zgartirilganligi
to'g'risida guvohnoma va boshqalar). Ushbu hujjatlar ham er sudi
prezidenti (Praesident des Landgerichts) yoki er hukumati Prezidiumi
(Regierungspraesidium) tomonidan tasdiqlangan va o'zbek yoki rus
tiliga tarjima qilingan bo'lishi lozim;
Birinchi marotaba pasport berish uchun 120,- Euro miqdorida va pasportni
almashtirish uchun esa 150,- Euro miqdorida konsullik yig'imi olinadi.
Yangi pasportni olish uchun fuqaro Bosh konsullikka shaxsan kelib
eski pasportni topshirishi va yangisini olganligi haqida maxsus
kitobga imzo chekishi kerak.
Bank rekvizitlari:
Nassauische Sparkasse, Frankfurt/Main
Konto: 141 055 100, BLZ: 510 500 15
tel. 0190745076
Qabul qilish soatlari Dushanba, Seshanba, Chorshanba va Juma kunlari
09.00 dan 13.00 gacha. O’zbekiston va Germaniya milliy bayramlari
kunlari qabul amalga oshirilmaydi. |