menu 1
menu 2
menu 3
menu 4
menu 5
 
     
 
  O'zbekiston Respublikasining
Frankfurt Mayn shahridagi Bosh konsulligida
fuqarolarni konsullik hisobiga olish
TARTIBI

O'zbekiston Respublikasining Pasport sistemasi haqidagi yo'riqnomasiga binoan chet elda doimiy yashovchi barcha fuqarolar shu davlatdagi O'zbekiston vakolatxonasida konsullik hisobiga turishlari kerak.
O'zbekiston Respublikasining Frankfurt Mayn shahridagi Bosh konsulligida konsullik okrugida (Hessen, Rheinland-Pfalz, Saarland, Bayern, Baden-Wuerttemberg va Nordrhein-Westfalen federal erlari) yashovchi fuqarolar konsullik hisobiga olinadi.
Konsullik hisobiga turish uchun fuqarolar konsullikka shaxsan kelishlari yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni yuborishlari kerak:

1. ANKETA (1 nusha, javoblar aniq, to'la va tuzatishlarsiz bo'lishi lozim);
2. 1 dona fotosurat;
3. Pasport (asli); Pasportdagi doimiy yashashga chiqish uchun ruxsat shtampi va ushbu davlatda yashash uchun berilgan visa (Aufenthaltserlaubnis) ning kseronusxalari ham anketaga ilova qilinishi kerak.
4. 50,-Euro miqdorida konsullik yig'imi to'langanligini tasdiqlovchi hujjat;
5. Yetarli miqdorda pochta markasi yopishtirilgan va orqa adresi yozilgan konvert.

Bosh konsullikning manzili:
Jahnstrasse 15, 60318 Frankfurt/Main
Telefon: 0190745076 Faks: (49 69) 74 05 41

Bank rekvizitlari:
Nassauische Sparkasse, Frankfurt/Main
Konto: 141 055 100, BLZ: 510 500 15

Qabul qilish soatlari Dushanba, Seshanba, Chorshanba va Juma kunlari 09.00 dan 13.00 gacha. O’zbekiston va Germaniya milliy bayramlari kunlari qabul amalga oshirilmaydi.