O'zbekiston Respublikasidan hujjat
so'rab olish
TARTIBI
O'zbekiston Respublikasining Frankfurt Mayn shahridagi Bosh konsulligi
grajdanlik holati (tug'ilganlik, nikoh, ajralish va boshqalar to'grisida
guvohnomalar), ta'lim, ish va boshqalar bo'yicha hujjatlarni O'zbekistondan
so'rab olish konsullik xismatini amalga oshiradi.
Hujjat so'rab olish uchun quyidagi hujjatlarni Bosh konsullik adresiga
yuborish zarur:
1. To'ldirilgan ANKETA (har bir hujjat uchun 3 nushadan).
2. 50,- Euro miqdorida konsullik yig'imi to'langanligini tasdiqlovchi
hujjat;
3. Pochta markalari yopishtirilgan va orqa adresi yozilgan konvert
(javobini yo'llash uchun).
O'zbekistondan hujjat so'rab olinayotganda shuni inobatga olish
kerakki, agarda so'rab olinayotgan hujjat bo'yich hech qanday ma'lumot
topilmagan taqdirda ham to'langan konsullik yig'imi orqaga qaytarilmaydi.
Bank rekvizitlari:
Nassauische Sparkasse, Frankfurt/Main
Konto: 141 055 100, BLZ: 510 500 15
tel. 0190745076
Qabul qilish soatlari Dushanba, Seshanba, Chorshanba va Juma kunlari
09.00 dan 13.00 gacha. O’zbekiston va Germaniya milliy bayramlari
kunlari qabul amalga oshirilmaydi. |