menu 1
menu 2
menu 3
menu 4
menu 5
 
     
 
 

O'zbekiston Respublikasida ishlatilishi mo'ljallangan
hujjatlarni konsullik legallashtirish
TARTIBI

O'zbekiston Respublikasining konsullik Ustaviga binoan chet elda hujjatlarni konsullik legallashtirish funkziyasini O'zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik vakolatxonalari bajaradilar. O'zbekiston idora va tashkilotlari horijiy davlat tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlarni faqat konsullik legallashtirish muhri bo'lgandagina ko'rib chiqish uchun qabul qiladilar.
O'zbekiston Respublikasining Frankfurt Mayn shahridagi Bosh konsulligi konsullik okrugi (Hessen, Rheinland-Pfalz, Saarland, Bayern, Baden-Wuerttemberg va Nordrhein-Westfalen federal erlari) davlat idoralari va boshqa tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlarni konsullik legallashtirishga qabul qiladi.

Bosh konsullikka legallashtirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar aniq va toza yozilgan, unlardagi muhr va imzolar oson ilg'anadigan bo'lishi kerak. Bundan tashgari hujjatlar quyidagi boshlang'ich rasmiqlashtirish bosqichini o'tgan bo'lishi kerak:

1. Notarius tomonidan tasdiglash;
2. Er sudi prezidenti (Praesident des Landsgerichts) tomonidan tasdiqlash, tijorat maqsadidagi hujjatlar uchun esa Sanoat-savdo palatasida (IHK) tasdiglash.

Ushbu boshlang'ich rasmiylashtirish bosqichini o'tmagan hujjatlar legallashtirish uchun qabul qilinmaydi.
Pochta orgali legallashtirish uchun yuborilayotgan hujjatlarga pochta markasi yopishtirilgan va orqa adresi ezilgan konvert ilova qilinishi kerak. Hujjatni konsullik legallashtirish xizmati uchun 50,-Euro miqdorida konsullik yig'imi olinadi.

Bosh konsullikning manzili:
Jahnstrasse 15, 60318 Frankfurt/Main
Telefon: 0190745076 Faks: (49 69) 74 05 41

Bank rekvizitlari:
Nassauische Sparkasse, Frankfurt/Main
Konto: 141 055 100, BLZ: 510 500 15

Qabul qilish soatlari Dushanba, Seshanba, Chorshanba va Juma kunlari 09.00 dan 13.00 gacha. O’zbekiston va Germaniya milliy bayramlari kunlari qabul amalga oshirilmaydi.