menu 1
menu 2
menu 3
menu 4
menu 5
 
     
 
 

Umumiy ma’lumot

O’zbekiston Respublikasining Frankfurt Mayn shahridagi Bosh konsulligi faoliyati O’zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o’rtasida do’stona munosabatlarni rivojlantirishga, iqtisodiy, savdo, fan-texnika va madaniy aloqalarni kengaytirishga, hamda GFRda O’zbekiston Respublikasi, uning fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlarini himoya gilishga qaratilgan.

Bosh konsullik barcha turdagi konsullik xizmatlarini amalga oshiradi, jumladan horijiy fuqarolarga O’zbekistonga kirish visalarini rasmiylashtirish, hujjatlarni legallashtirish, notarial xizmatlar, GFRda vaqtincha va doimiy yashayotgan O’zbekiston fuqarolarini ro’yxatga olish, fuqarilik pasportlarini berish va almashtirish, fuqarolik holati aktlarini yozish va boshqalar.

Bosh konsullikning konsullik okrugiga Germaniyaning quyidagi federal erlari kiradi: Hessen, Reynland-Pfalz, Saarland, Bayern, Baden-Wuerttemberg va Nordrhein-Westfalen.

Bosh konsullikning manzili:
Jahnstrasse 15, 60318 Frankfurt/Main
Telefon: 0190745076 Faks: (49 69) 74 05 41

Bank rekvizitlari:
Nassauische Sparkasse, Frankfurt/Main
Konto: 141 055 100, BLZ: 510 500 15

Qabul qilish soatlari Dushanba, Seshanba, Chorshanba va Juma kunlari 09.00 dan 13.00 gacha. O’zbekiston va Germaniya milliy bayramlari kunlari qabul amalga oshirilmaydi.